35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
Navro‘z MFYda yangi uy-joylar bunyodkorligi boshlandi

Navro‘z MFYda yangi uy-joylar bunyodkorligi boshlandi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 13-“Mehnatobod” saylov okrugi deputati N. Ilmurodova saylangan Navro‘z MFY hududida barpo etilayotgan yangi ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bilan tanishildi.

O‘rganish davomida tuman Kengashi mudiri A.Avliyakulov hamda Navro‘z MFY raisi bilan birgalikda hududdagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Qurilish maydonida olib borilayotgan dastlabki ishlar, hududni tayyorlash jarayoni hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumotlar olindi.

Yangi ko‘p qavatli uylarning barpo etilishi hududning qiyofasini yanada zamonaviylashtirish bilan birga, aholi uchun zamonaviy va qulay uy-joy sharoitlarini yaratish imkonini beradi.

Shuningdek, qurilish bilan bir qatorda hududda ichki yo‘llar, obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy infratuzilma masalalarini uyg‘un ravishda tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.