35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
#_doimiy_komissiya_faoliyati #_Ekspertlar_guruhi_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Doimiy komissiya va “Ekspertlar guruhi” hamkorligida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
#_doimiy_komissiya_faoliyati
#_Ekspertlar_guruhi_faoliyati
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati

Doimiy komissiya va “Ekspertlar guruhi” hamkorligida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman Kengashi huzuridagi “Ekspertlar guruhi” hamkorligida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan manzilli o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda doimiy komissiya raisi N.Chorshanbiyeva, doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi huzuridagi “Ekspertlar guruhi” a’zosi M.Normo‘minova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova ishtirok etdilar.
Manzilli tadbir tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7- 19- va 34-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar bilan o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va kengaytirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va moliyaviy ko‘maklardan foydalanish imkoniyatlari, kasb-hunarga o‘qitish hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, tadbirkor ayollarning mavjud muammo va takliflari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi.
Bunday manzilli uchrashuvlar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahallalarda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 3