35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
MAHALLA FAOLIYATI TAHLIL ETILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 20-Do‘stlik saylov okrugi deputati Qulliyeva Orzigul Abdullayevna ishtirokida mahalla faoliyati o‘rganilib, mavjud holat va amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasidagi ishlar, shuningdek, mahalla hududida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish, hududdagi muammolarni manzilli o‘rganish va ularning yechimini ta’minlashda deputatlik nazoratidan unumli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L. Xurramov ham ishtirok etdi.

Bundan tashqari, kotibiyat mudiri M. Yarmatov tomonidan deputatga qonunchilik hujjatlari bilan ishlash va ularni deputatlar o‘rtasida yo‘nalishlar kesimida taqsimlash tartibi yuzasidan amaliy tushuntirishlar berilib, tegishli qonun hujjatlari bilan bevosita tanishtirildi.

Mazkur o‘rganish deputatning hududdagi mavjud masalalarni chuqur tahlil qilishi, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda mahallada aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga qaratildi.

Slide 1 of 4