35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
19¹-modda.

Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala joyga chiqqan holda o'rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 16-Zang saylov okrugi deputati Qulliyev Ergash tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida, avvalo, maktabgacha ta’lim tashkilotida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, tarbiyalanuvchilar uchun belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda ovqatlanish jarayonining belgilangan tartibda tashkil etilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tashkilotdagi mavjud shart-sharoitlar, zarur o‘quv anjomlari va jihozlarning holati ham ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ulardan foydalanishda belgilangan talablarning qat’iy bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri orqali tarbiyalanuvchilarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonida zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 6