Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shomanay rayonın 2026-jılda kompleksli sociallıq-ekonomikalıq rawajlandırıw máseleleri dodalandı
янв.21
Кәмбағаллықты қысқартыў ҳәм халықтың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша тийкарғы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
Өзбекстан Республикасы Президенти Ш.М.Мирзиёев С5+1 форматындағы саммит
янв.21
Президентимиз Ш.М.Мирзиёев рәсмий сапар менен екинши жаҳан саммитине қатнасыў ушын Қатар мәмлекетиниң Доха қаласына келди.
янв.21
Самарқандта ЮНЕСКО шөлкеминиң мәжилиси өткерилмекте.
янв.21
Сербия Республикасының Президенти Александр Вучичтин 28-октябрь күни Өзбекстан Республикасына келиўи.
янв.21
Мәҳалле бул- кәмбағаллықты қысқартыў, халықтың социаллық жағдайын жақсылаў ҳам раўажландырыў орайы.
янв.21
Президентимиз Ш.М.Мирзиеевтың Бельгия мәмлекетиниң пайтахты Брюссель қаласына ислеген рәсмий сапары.
янв.21
Депутатлық қадағалаў
янв.21
JAŃA BASQÍSHTA - ASHÍQ, NÁTIYJELI HÁM XALÍQSHÍL JERGILIKLI HÁKIMIYATQA QARAY!
Sun’iy intellekt sohasidagi islohotlar — “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyotining muhim tayanchi

#munosabat

Sun’iy intellekt sohasidagi islohotlar — “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyotining muhim tayanchi

📌Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimizda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning barcha sohalarida raqamli transformatsiyani yanada tezlashtirish masalalari muhokama qilindi.

📌Yig‘ilishda Davlat rahbari tomonidan 2030 yilga qadar O‘zbekistonni sun’iy intellekt sohasida dunyodagi TOP-50 davlatlar qatoriga kiritish bo‘yicha aniq maqsad belgilab berildi. Bu borada “Sun’iy intellekt alyansi”ni tashkil etish tashabbusi mamlakatimizda innovatsiyaviy taraqqiyotni yangi bosqichga olib chiqishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

📌O‘zLiDeP saylovoldi dasturida belgilangan Global Innovasion Indeksda mamlakatimizni Top-50 talik davlatlar qatoriga kiritish maqsadini amalga oshirish yo‘lida amaliy ishlar olib bormoqda.

📌Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan, partiya xodimlari, deputatlar hamda startapchilar, dasturchilar, muhandislar va iqtidorli yoshlar ishtirokida “O‘zLiDePda sun’iy intellekt — xalq bilan muloqotda yangi davr” mavzusida o‘quv seminarlar o‘tkazilmoqda.

📌Mazkur o‘quvlarda yosh avlodni axborot texnologiyalari sohasiga keng jalb qilish, ularning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bu jarayonda innovasion g‘oyalarga ega yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va ularni partiya platformasi orqali islohotlarga faol jalb qilish ham ko‘zda tutilgan.

📌Partiyamiz ushbu yo‘nalishda quyidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratmoqda:

 • Ilg‘or texnologik ekotizimni shakllantirish va mahalliy IT-markazlarni qo‘llab-quvvatlash;

 • Yosh mutaxassislarni sun’iy intellekt, data science va raqamli boshqaruv sohalarida tayyorlash bo‘yicha aniq loyihalarni amalga oshirish;

 • Davlat-xususiy sheriklik asosida innovasion infratuzilmani kengaytirish;

 • Xalqaro hamkorlik va investisiyalar jalb etish orqali milliy startaplarni qo‘llab-quvvatlash.

📌Partiya, shuningdek, mahalliy mutaxassislarning xalqaro ko‘rgazma va konferensiyalarda faol ishtirokini ta’minlash, hamda mamlakat brendini global miqyosda mustahkamlash uchun PR va media kampaniyalarini amalga oshirish bo‘yicha davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish tarafdori.

📌O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ishonadi: Prezidentimiz rahbarligida boshlangan raqamli islohotlar nafaqat iqtisodiyot, balki ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash va boshqa muhim sohalarda ham sifat jihatidan yangi bosqichni ta’minlaydi.

📌Biz “Yangi O‘zbekiston — yangi imkoniyatlar va yangi texnologiyalar makoni” tamoyili asosida mamlakatimizda sun’iy intellekt va raqamli taraqqiyot sohasidagi islohotlarni izchil qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.

Ilhom Botirov, O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati

✅ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1