Farg‘ona zaminida yana
quvonch, yana sharafli damlar! Dalalarda oq ro‘mollar guldek jilvalangan, mashinalarning
go‘zal navolari yangragan, tuman-shaharlarda istiqomat qiluvchi kattayu-kichikning yuzidan tabassum arimaydigan
kunlar boshlandi.
Farg‘onalik mehnatkashlar
joriy yilgi paxta topshirish bo‘yicha shartnomaviy rejani to‘liq bajarib,
313 ming 200 tonnadan
ortiq “oq oltin”ni xirmonga yig‘dilar. Bu natija — fidoyi dehqonlarning
ko‘z nuri, tirishqoq terimchilarning sabri, yurtga mehrini bag‘ishlangan mehnat
ahlining
bayramiga
aylandi.
Joriy mavsumda Farg‘ona
viloyatida 72 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilindi. Shuning 25 ming gektariga
xorijiy yuqori hosildor navlar ekilib, yurtimiz dalalarida yangilanish ruhi, ishonch
va umid meva berdi. Zamonaviy texnika, yangi texnologiyalar, paxta terim mashinalari
inson mehnatini yengillashtirib, mehnat samaradorligini yanada oshirdi.
Qo‘shtepa, Uchko‘prik,
Dang‘ara, Buvayda, Yozyovon, Oltiariq, Quva va Bag‘dod tumanlari terimda peshqadamlik
bayrog‘ini baland ko‘tardi. Ular misoli butun Farg‘ona yerida mehnat gullab-yashnadi,
barcha dalalarda “yurtim deb, xalqim deb” degan sadolar yangradi.
Bugungi yutuq — oddiy
raqam yoki hisob emas. Bu — yurtimizdagi mehnatkashlarning fidoyiligi, yurtimiz
rahbari tomonidan berilayotgan ishonch va e’tiborning amaliy samarasidir. Prezidentimiz tomonidan
berilayotgan qo‘llab-quvvatlash va ishonch har bir fermer, har bir mehnatkash qalbiga
kuch, yangi ilhom bag‘ishlamoqda.
Farg‘onalik paxtakorlar bugun yurtning iftixori, mehnatning
haqiqiy qahramonlari! Ular tergan har bir tola — yurtning kelajagiga qo‘shilgan
hissadir. Ular bilan faxrlanish, ularga minnatdorlik bildirish — barchamizning insoniy
burchimizdir. Chunki ular sababli bugun dasturxonimiz mo‘l, ko‘nglimiz to‘q, yuzi
nurlidir. Ular biladilar: Vatan taraqqiyoti — mehnatkash qo‘lida, yurt ravnaqi
— ularning fidoyiligida!