Yangiliklar

Islohatlar amalda

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Fotex Raxmatov "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda deputatlik faoliyatini olib bormoqda. Faoliyat jarayonida Baxshitepa mahallasi Qunduzak qishlog‘ida hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasida "Yuksalish" harakati viloyat hududiy bo‘limi rahbari, viloyat Kengashi deputati Elyor Hamrayev, va mutaxassislari, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy asatsatsiyasi viloyat hududiy bo‘linmasi boshlig‘i Shoim Kenjayev, Baxshitepa mahallasi raisi, tuman Kengashi deputati F.Raxmatov ishtirokida jamoatchilik monitoringi tadbiri o‘tkazildi. Uchrashuv davomida ko‘chaboshilar, qishloq faollari va aholi bilan mavjud muammolar, ularning yechimi borasida fikr almashildi. Aholidan tushgan murojaatlar joyiga borib o‘rganildi.

Slide 1 of 5