DEPUTATLAR O‘Z SAYLOVCHILARIGA AXBOROT BERMOQDA
Urgut tumanidagi 85-umumta’lim maktabida Xalq deputatlari Urgut tuman Kengashi deputati Abloqulova Go‘zal o‘z saylovchilari
bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yilning birinchi choragi davomida o‘z saylov okrugi doirasida olib borgan ishlari, aholi murojaatlariga ko‘ra mas’ul tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari, ularning ijrosi natijalari, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida amalga ishlar, tuman Kengashining sessiya faoliyati doirasida ko‘rib chiqilgan masalalar haqida batafsil ma’lumot berdi.