Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Kengash_sessiyalari XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 30-SESSIYASI
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🔬 EKSPERTLAR GURUHI — KENGASH FAOLIYATINING MUHIM TAHLILIY BO'G'INI
янв.21
🏛 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 OILAVIY TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📍 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, KO‘CHA BOSHILARI BILAN AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏛 DAVLAT DASTURLARI IJROSI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN: GULISTON MFY AYOLLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI

 DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
🟢 Deputatlik nazorati — aholi murojaatlari va hududdagi dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan muhim faoliyat!
🇺🇿Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida ko‘tarilgan muammolarni hal etish, aholi uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida deputatlik nazorati olib borilmoqda.
❇️ Jumladan, “Bo‘ston” MFY, Ibn Sino ko‘chasida joylashgan Bo‘ston oilaviy shifokorlik punktining tez tibbiy yordam avtomobillari harakatlanadigan chiqish yo‘lagidagi asfalt qoplamasi yaroqsiz holga kelgani yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Sh. Akramovga 2026-yil 16-oktabrda 57-ds-485-26-sonli deputat so‘rovi yuborilgan edi.
❇️ Mazkur masalaning dolzarbligi shundaki, tez tibbiy yordam avtomobillarining shifokorlik punktidan erkin va xavfsiz chiqishi, shoshilinch chaqiruvlarga o‘z vaqtida yetib borishi hamda tibbiy xizmat samaradorligini ta’minlash uchun qulay yo‘l sharoitlari muhim ahamiyatga ega.
❇️ Deputat so‘roviga Parkent tuman hokimligining 2026-yil 22-oktabrdagi 5592-sonli javob xati taqdim etildi.
Javob xatida ma’lum qilinishicha, Bo‘ston oilaviy shifokorlik punktining tez tibbiy yordam avtomobillari harakatlanadigan chiqish yo‘lagini asfaltlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan “2025–2027-yillarda Parkent tumanida muhandislik-kommunikatsiya va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” dasturiga kiritilgan.
❇️ Shuningdek, mazkur ishlarni mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 2027-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilgani bildirilgan.
🟢 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati tomonidan ko‘tarilgan ushbu masala ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi. Rejalashtirilgan ishlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi, tibbiyot muassasasi hududida tez tibbiy yordam avtomobillari uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish muhim vazifa hisoblanadi.
❇️ Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘rganish, mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovlarini yuborish va ularning ijrosi ustidan nazorat olib borish hududdagi mavjud muammolarni hal etishga xizmat qiladi.
Deputatlik nazorati — aholi manfaatlari, muammolar yechimi va hududlar rivoji yo‘lida!

Slide 1 of 1