🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi raisi Roximov Ollabergan Zafar o‘g‘li tuman yoshlari bilan uchrashib, davra suhbati o‘tkazdi.
💬 Suhbat davomida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda Yoshlar maslahat guruhi faoliyatining vazifa va imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
🎯 Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni tumanning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishga jalb qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🌟 Yoshlar — kelajagimiz bunyodkorlari!