Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoitini o‘rganish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurildi.

O‘rganishlar davomida Shaldiramoq ko‘chasi, 7-uy, 12-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Saidovaning xonadoni borib ko‘rildi. Tashrif chog‘ida oilaning ijtimoiy ahvoli, yashash sharoiti va mavjud ehtiyojlari bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida fuqaro oilasiga ko‘rsatilgan yordam choralari ham ma’lum bo‘ldi. Jumladan, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan oilaga vaucher ajratilib, oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun ko‘mak berilgan.

Mazkur tashrif davomida oilaning holati va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash doirasida ko‘rsatilgan yordam yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4