Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
YURIDIK XIZMAT FAOLIYATI VA HUQUQIY ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Yangiobod tumani Adliya bo‘limida yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yuriskonsult tomonidan shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, buyruq va qaror loyihalarining qonunchilik talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqish, tashkilotlarga huquqiy maslahatlar berish, sud ishlari bilan ishlash hamda huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mas’ullar bilan muloqot chog‘ida yuridik xizmat faoliyati samaradorligini oshirish, huquqiy hujjatlar sifatini yaxshilash, qonunchilikdagi yangiliklarni amaliyotga o‘z vaqtida tatbiq etish hamda davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan huquqiy ko‘makni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, huquqiy ekspertiza sifatini oshirish, hujjatlarning qonunchilik talablariga to‘liq muvofiqligini ta’minlash hamda yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1