Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
🔰Jinoyatchilikning oldini olish va huquqiy yordam – deputatlar e’tiborida

🔰Jinoyatchilikning oldini olish va huquqiy yordam – deputatlar e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati H. Karayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida Yangiobod mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
♦️Uchrashuv davomida mahallada jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratildi.
♦️Muloqotda fuqarolarga bepul birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatish masalasi ham keng muhokama qilinib, aholining huquqiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga qonunchilik doirasida tushuntirish va amaliy ko‘mak berish muhimligi ta’kidlandi.
♦️Deputat va Kengash mas’ullari mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, osoyishtalikni ta’minlash hamda aholining huquqiy xabardorligini oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligiga e’tibor qaratdilar.
👉O‘rganishlar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 5