Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Yoshlar — mahalla taraqqiyoti va kelajak bunyodkorlari. Ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, iste’dod va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolariga o‘z vaqtida yechim topish mahallada olib borilayotgan ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu borada yoshlar yetakchisining samarali faoliyati, har bir yosh bilan manzilli ishlashi va mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanishi alohida ahamiyatga ega.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov hamda tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollikni oshirish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ehtiyojmand hamda ishsiz yoshlar bilan individual ishlashni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha yoshlar yetakchisiga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3