Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ASSALOM NAVRO‘Z!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da SHOVOT tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish
янв.21
Dastur ijrosi bo'yicha nazorat.
янв.21
Deputat ijtimoiy obyektlarni o'rgandi
янв.21
Deputat tuman EKO partiya raisi o'rinbosari bilan Uzunko'l mahallasida o'rganish o'tkazdi.
янв.21
Deputat o'z saylovchilari bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati bilan Shovot tumani 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma'naviy-marifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan DMTT ochilishi
янв.21
Deputat o'z saylovchilari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Biz zo'ravonlikka qarshimiz!

Mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, xususan, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, bu borada davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini takomillashtirish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda

Jumladan, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari N.Kiyamov hamda M.Umirova birgalikda tumanimizdagi 4-umumta’lim maktabida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiqlarga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbatida mavzuga aloqador masalalar muhokama qilindi. Oilalar, mahallalar hamda turli tashkilotlardan noxush holatlarning oldini olish uchun nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida so‘z bordi.

Shuningdek, Bosh Qomusimiz hamda qonunlardagi xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari, ularni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari xususida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilish borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar haqida tavsiyalar berildi.

Davra suhbati savol-javob va bahs-munozaralar ostida qiziqarli o‘tdi.

Slide 1 of 5