Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
1450 o‘quvchi, 2 ta eski bino va bitta muhim masala — ta’lim uchun munosib sharoit

📌 1450 o‘quvchi, 2 ta eski bino va bitta muhim masala — ta’lim uchun munosib sharoit

✅ Ta’lim sifati, avvalo, o‘quvchi uchun yaratilgan sharoitdan boshlanadi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nilufar Ja’farova Urgut tumani “Guliston” MFYdagi 3-son umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasidagi mavjud sharoit va muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

♾ 930 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan maktabda bugungi kunda 1450 nafar o‘quvchi tahsil olayotgani ta’lim muassasasidagi yuklama yuqori ekanini ko‘rsatadi. O‘rganish davomida suv ta’minoti, moddiy-texnik baza va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi.

🌀 Eng dolzarb masalalardan biri esa 1964-yilda qurilgan ikkita o‘quv binosining bugungi kunda foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgani bo‘ldi.

‼️ Maktab rahbariyati mazkur binolarni rekonstruksiya qilish masalasida deputatga murojaat qildi. Murojaat deputatlik nazoratiga olinib, muammoni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

✅ Taklif etilayotgan rekonstruksiya amalga oshirilsa, qo‘shimcha o‘quv xonalari yaratilib, ta’lim jarayonini bir smenada tashkil etish imkoniyati kengayadi. Bu, ayniqsa, uzoq hududlardan qatnab o‘qiydigan o‘quvchilar uchun ham qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

▶️ Birgina maktabdagi ikki binoning taqdiri — yuzlab bolalarning ta’lim olishi uchun yaratiladigan yangi imkoniyatlar degani.

⚡️ Deputatning joylardagi o‘rganishlari muammoni aniqlash bilan cheklanmay, uni amaliy yechim sari yo‘naltirishga qaratilmoqda.
Chunki munosib ta’lim sharoiti — bolalar kelajagiga yaratilgan imkoniyatdir.

Slide 1 of 5