Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
22-sonli DMTT o`rganildi

22-sonli DMTT o`rganildi

📌 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati P.Ziyo, Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Olmazor tuman Kengashi raisi X.Xamidovlar tomonidan Olmazor tumanidagi 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

Tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan ovqatlanish sharoitlari, taomnomalarning belgilangan talablar asosida shakllantirilishi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish holatlariga e’tibor qaratildi.

🥗 Shuningdek, bolalarga berilayotgan taomlarning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi, oshxona va yordamchi xonalarning sanitariya holati, mahsulotlarni saqlash sharoitlari hamda ovqat tayyorlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-sonli “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini tumanda o`rganish masalasi muhokama qilindi.

Slide 1 of 6