Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Gumbaz mahallasida oilalar holati o‘rganildi

🏛 Gumbaz mahallasida oilalar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Sulaymonova tuman Kengash kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Gumbaz mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔎 O‘rganish davomida Haydarova Gulnoza xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy va maishiy sharoiti, kambag‘allikdan chiqarish, doimiy daromad manbaini shakllantirish va daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash imkoniyatlari o‘rganildi.

🏠 Shuningdek, xonadonning sanitariya holati, yashash sharoiti, tomorqa yeridan samarali foydalanish imkoniyatlari hamda tibbiy, ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, oilaning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, daromad manbalarini kengaytirish hamda muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Slide 1 of 1