Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Xasanova tomonidan Kengash qarori asosida Shovot tumanida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida:
jamg‘arma mablag‘larining belgilangan maqsadlarga muvofiq va samarali sarflanishi;
amalga oshirilayotgan ishlarning sifat va samaradorligi;
hududlarda o‘rnatilgan PTZ kuzatuv kameralarining texnik va ishchi holati;
kameralar orqali jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishdagi samaradorligi
ko‘zdan kechirildi.
🎯 Asosiy maqsad: budjet va jamg‘arma mablag‘laridan oqilona foydalanilishini ta’minlash, infratuzilma obyektlarining samarali ishlashini nazorat qilish hamda hududda jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash.