Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Eshonguzar ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari deputatlik nazoratida

Hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichki ko‘chalarning transport qatnovi uchun qulayligini ta’minlash va ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishi ustidan jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim vazifalardan biridir.

Ayniqsa, aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan yo‘l-ta’mirlash loyihalarining belgilangan dastur va talablar asosida amalga oshirilishi alohida e’tibor talab etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev tomonidan 20-Terak tagi saylov okrugi hududidagi Eshonguzar ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l-ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi mas’ul xodimi A.Vasidjonov hamda hududdagi nuroniylar ishtirok etdi. Unda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, yo‘lning mavjud holati va ta’mirlash jarayonining amaldagi ko‘rsatkichlari yuzasidan mas’ullardan ma’lumotlar olindi.

Mazkur o‘rganish Marg‘ilon shahrini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini joyida tahlil qilish maqsadida Yangibog‘ MFY va Teraktagi MFY hududidan o‘tuvchi Eshonguzar ko‘chasida tashkil etildi. Ushbu dastur Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 7-fevraldagi VII-19-9-11-168-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida Eshonguzar ko‘chasining 2,4 kilometr qismida yo‘lni ta’mirlash ishlarining ikkinchi bosqichi olib borilayotgani aniqlandi. Deputat tomonidan ishlarning belgilangan dastur doirasida va tegishli talablar asosida bajarilishi, shuningdek, hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz transport sharoitlarini yaratishga qaratilgan choralar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar nafaqat amalga oshirilayotgan ishlarning holatini baholash, balki muammolarni joyida aniqlash, mas’ullarga tegishli savollarni qo‘yish va belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Eshonguzar ko‘chasidagi ta’mirlash ishlarining keyingi jarayoni ham deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 5