Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
YASHNOBOD TUMANIDA HUDUDIY O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol

❗️ YASHNOBOD TUMANIDA HUDUDIY O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI

🏛 Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Gulnora Marufova, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Davronbek Ravshanbekov hamda Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati mas’ullari hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan tanishdi.

🔺 O‘rganishlar dastlab Yashnobod tumani hokimligining Vaziyatlar markazidan boshlandi. Bu yerda tuman hokimi, uning o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mahalla raislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

📋 Uchrashuv davomida hududdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholini qiynayotgan muammolar va ularni manzilli hal etish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

🔎 Hududlarni rivojlantirish, aniqlangan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

➡️ Yashnobod tumanidagi o‘rganishlar davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5