Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏘 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Madraximov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda mahalla nuroniylari hamkorligida Archazor mahalla fuqarolar yig‘inida kambag‘al oilalar bilan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹 Kambag‘al oilalar ro‘yxatidagi xonadonlar bilan ishlash bo‘yicha ishlab chiqilgan individual rejalar tahlil qilindi.
🔹 Oilalarning mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganildi.
🔹 Bandlikni ta’minlash, daromad manbalarini oshirish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘rib chiqildi.
🔹 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.