🤝Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 12-Arbob saylov okrugidan “Milliy tiklanish” partiyasi deputati M.Nurjanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Ro‘zmetov Arbob mahallasida hokim yordamchisi faoliyatini o‘rgandilar.
🔎Hokim yordamchisi tomonidan mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.
👥 Mahalladagi ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📊 Mahallaning iqtisodiy va ijtimoiy holati, aholi bilan ishlash samaradorligi, murojaatlarning o‘rganilishi hamda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi.