Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
“Ochiq byudjet”: g‘olib tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilindi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishida “Ochiq byudjet” axborot portalida 2026-yil 2-mavsum ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarni moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Ma’lumki, “Ochiq byudjet” portalining 2026-yil 2-mavsumida hudud aholisi tomonidan ijtimoiy va infratuzilmaga oid qator tashabbuslar ilgari surilib, ular bo‘yicha ovoz berish jarayoni o‘tkazildi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, belgilangan mezonlar asosida g‘olib deb topilgan tashabbuslar shakllantirildi.

Mazkur tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi tomonidan “Ochiq byudjet” axborot portalida 2026-yil 2-mavsum ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilindi.

Qaror bilan ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarni amalga oshirish uchun Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini belgilangan tartibda yo‘naltirish nazarda tutildi.

Mazkur jarayonda fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy ijrosini ta’minlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish hamda bajarilgan ishlarning sifatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.