Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Qora Mang‘it mahallasida ishchi guruh tashkil etildi

Qora Mang‘it mahallasida ishchi guruh tashkil etildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 18-saylov okrugi deputati Kilichov Ma’ruf Mamurjonovich tomonidan Qora Mang‘it mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish holatini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tashkil etildi.
👥 Ishchi guruh tarkibi:
🔹 Abdullayev Yeldor — MFY raisi;
🔹 Ismatullayev Dilshod — hokim yordamchisi;
🔹 Islomova Adiba — ijtimoiy xodim;
🔹 Akramova Feruza — otinoyi;
🔹 Abdusavlonov Asliddin — nuroniy.
📌 Ishchi guruh tomonidan:
🔹 mahalladagi ishsiz fuqarolar va kambag‘al oilalar holatini o‘rganish;
🔹 aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratish imkoniyatlarini aniqlash;
🔹 ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarni aniqlash;
🔹 xotin-qizlar, yoshlar va nuroniylarning muammolarini o‘rganish;
🔹 mahalladagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari holatini o‘rganish;
🔹 aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
bo‘yicha ishlar olib boriladi.
📋 O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan muammolar deputatlik nazoratiga olinib, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli takliflar kiritiladi.
🤝 Maqsad — mahalladagi mavjud muammolarni manzilli o‘rganish, fuqarolarning bandligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlash hamda muammolarning amaliy yechimiga erishish. 

Slide 1 of 1