Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala
#3_BAND

Bozordagi narx-navo — xalq kayfiyatining ko‘zgusi. Shu bois, Bandixon tumani deputatlari shunchaki kuzatuvchi emas, balki jarayonning faol ishtirokchisi sifatida tumandagi savdo rastalarida navbatdagi amaliy o‘rganish ishlarini o‘tkazdilar.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratova okrugiga qarashli “Obod yurt” mahallasidagi savdo shoxobchalari va rastalarida bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosini ko‘zdan kechirdilar.

✅ O‘RGANISH JARAYONIDA QUYIDAGILARGA ALOHIDA E’TIBOR QARATILDI:

✅ Mahsulotlar sifati va zahirasi: Rastalardagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati hamda yetarli zaxirasi mavjudligi;

✅ Narxlar barqarorligi: Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining sun’iy ravishda oshirilmaganligi;

✅ Xaridorlar fikri: Xaridorlar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning narx-navo va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qoniqish darajasi o‘rganildi.

✅O‘tkazilgan muloqotlar va tahlillar natijasida quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

📈 Narxlar mo‘tadilligi: Go‘sht, sut va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari rastalarida narxlar barqarorligi saqlanib qolmoqda;

✅ Yetarli zaxira: Mavsumiy sabzavotlar, meva va poliz mahsulotlarining yetarli zaxirasi yaratilgan bo‘lib, aholi ehtiyojini to‘liq qoplamoqda;

✅ Qat’iy nazorat: Ayrim turdagi mahsulotlar narxini asossiz ravishda oshirish holatlarining oldini olish bo‘yicha savdo mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlar va mutasaddilar ta’kidlaganidek:



"Bizning asosiy maqsadimiz — tadbirkorga to‘sqinlik qilish emas, balki aholi dasturxoni to‘kinligini, adolatli va barqaror narxlar muhitini ta’minlashdir!"



Xalq deputatlari nazorati — narxlar barqarorligi va ishonch kafolatidir!

Slide 1 of 1