Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shovot tumani “Yangi O‘zbekiston” mahallasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Shovot tumanida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlar tomonidan murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
Халқ депутатлари Хоразм вилояти ва Шовот тумани Кенгашлари депутати Елёр Душамов сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Shovot tuman partiya tashkilotiga "Qangli" mahallasida yashovchi  fuqaro O.Sultonovning chiqindini belgilanmagan joylarga tashlanishi yuzasidan  yòllagan murojaati òrganildi.
янв.21
Qonun buzilish holatlarini aniqlash va oldini olish bòyicha
янв.21
"Adolat" SDP deputati tashabbusi bilan xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashida "Adolat" SDP deputatlik guruhi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 7-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan Tumanda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini yaxshilash bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash, tumanda “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga turtki beruvchi “drayver” loyihalarni ko‘rib chiqish va ma’qullash, mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2025-yil 31-yanvardagi “2025-yilda Nurobod tumani bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qa’ridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi VII-4-8-7-99-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish, tumanda investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar, tuman mahalliy byudjetining 2025-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘lar, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son qonunining tumandagi ijrosini ta’minlash, tumanda fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga ko‘maklashish to‘g‘risida va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiyada ko‘tarilgan har bir masala xalq vakillari tomonidan atroflicha va qizg‘in muhokama etilib, yakunda ovoz berish yo‘li bilan tuman Kengashining sohalar bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 9