Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
#Biriktirilgan_tashkilot #DeputatFaoliyati #Murojaat_va_ijro #Madad_NNT

📍 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi hamda "Madad" nodavlat notijorat tashkilotining tuman bo‘linmasi hamkorligida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni joyida o‘rganish va ularga huquqiy yechim topish bo‘yicha amaliy amaliy tadbir o‘tkazildi.

🔍 Tadbir va o‘rganish tafsilotlari:

⚖️ Qonun targ‘iboti: O‘rganishlar davomida 2017-yil 11-sentyabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–445-son) mazmun-mohiyati hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

👥 Mas’ullar va ishchi guruh: Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Musurmon Abduraxmonovich Xujanov hamda "Madad" NNT bosh mutaxassisi N.Kenjayev ishtirok etdilar.

📋 Tahlil va ijro nazorati: Ishchi guruh tomonidan fuqarolar murojaatlarining mazmuni atroflicha tahlil qilinib, ularni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq sifatli ko‘rib chiqish, o‘z vaqtida hal etish hamda ijrosini qat’iy ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

⚙️ Kutilayotgan natija: Kelib tushgan har bir murojaat bo‘yicha fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlarini yuborish belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3