Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
“Yangi O‘zbekiston” massivi: Bekobodning kelajakdagi qiyofasi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Z. Nizomiddinov, deputatlar, “O‘zshaharsozlik LITI” loyiha instituti mas’ullari hamda “Bekobod Investitsiya Boshqaruv Kompaniyasi” vakillari ishtirokida 104 gektarlik “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilish loyihalari bilan tanishildi.
Bu loyiha — shunchaki yangi uy-joylar majmuasi emas. Bu zamonaviy shaharsozlik tamoyillari asosida barpo etiladigan, inson uchun qulay va munosib hayot muhitini yaratishga qaratilgan yirik urbanistik loyihadir.
📍 104 gektar hududda:
🏠 7 800 ta zamonaviy kvartira;
🏢 savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari;
🎓 ta’lim muassasalari;
🏥 sog‘liqni saqlash obyektlari;
🌳 dam olish va ko‘ngilochar maskanlar;
🛣 zamonaviy yo‘l va muhandislik infratuzilmasi barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
✨“Yangi O‘zbekiston” — yangi hayot va yangi imkoniyatlar sari qadam!

Slide 1 of 6