Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#Biriktirilgan_tashkilot

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Xo‘jayipok” mahallasida mahalla boshqaruvi va ijtimoiy masalalar o‘rganildi

Bandixon tumanida mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish, aholi murojaatlari bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda qonunchilik hujjatlarining ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 10-Xo‘jayipok saylov okrugi deputati M.Omonullayevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov “Xo‘jayipok” mahallasida bo‘lib, hududdagi ishlar holatini o‘rgandi.

Nazorat-tahlil tadbiri “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–116-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi. O‘rganish jarayonida mahalla faollarining aholi bilan ishlashi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi.

Tashrif yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mahalla faoliyatining samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusida tegishli idoralar bilan hamkorlikda manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Slide 1 of 2