Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
“TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA SPORT MAYDONI DASTLABKI TARZDA O‘RGANILDI

#haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet #ekspert_guruhlari

“TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA SPORT MAYDONI DASTLABKI TARZDA O‘RGANILDI

🤔 “Tashabbusli byudjet”ning 2026-yil 2-mavsumida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish jarayonlari yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida Xuroson mahallasida joylashgan 283-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining futbol maydonini zamonaviy ko‘rinishda rekonstruksiya qilish loyihasi yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borildi.

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 15-sentabrdagi III-34-88-14-202-K/26-son qaroriga asosan mazkur loyiha doirasida futbol maydonini zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish, shuningdek, tomoshabinlar uchun o‘tirish joylarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

💼 Loyihani joyiga chiqqan holda dastlabki tarzda o‘rganish maqsadida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda ekspert guruhi a’zolari tomonidan maktab hududi ko‘zdan kechirildi.

📈 O‘rganish davomida sport maydoni joylashadigan hudud atroflicha ko‘rib chiqilib, rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, hududdagi kommunikatsiya va oqova suv tizimlari bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqilib, loyiha ishlarini amalga oshirishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan mutasaddilarga zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.

🧠 Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelgusida belgilangan tartibda nazoratga olinib, o‘rganib boriladi.

Slide 1 of 6