Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
“Tinchlik” mahallasida aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi
Aholi bandligini ta’minlash, oilalarning barqaror daromad manbalarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish — doimiy e’tiborda.

Termiz shahrida aholi farovonligini oshirish, ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish hamda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengashning 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, mahalladagi bandlik va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar holatini muhokama qildilar.

Muloqot davomida aholining daromadlarini oshirish, mavjud muammolarni manzilli hal etish va har bir xonadon bilan individual ishlashga alohida e’tibor qaratildi.

Xonadonbay ishlash — ishsiz, kam daromadli va ehtiyojmand oilalarning holatini chuqur tahlil qilish hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejalarni shakllantirish;

Bandlikni ta’minlash — vaqtincha ishsiz fuqarolarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga manzilli yo‘naltirish;

Daromad manbalarini kengaytirish — fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

“Mahalla yettiligi” mas’uliyatini kuchaytirish — har bir xonadon bilan ishlash, muammolarni aniqlash va ularni amaliy hal etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish.

Yakunda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlarini yo‘llash hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.

Asosiy maqsad — har bir xonadonning daromadini oshirish, fuqarolarni barqaror bandlik bilan ta’minlash va oilalar farovonligini yuksaltirish.