Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DEPUTATLIK SOʻROVI
янв.21
🏛 DEPUTATLIK SOʻROVI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🏛 KENGASH SESSIYALARI — MUHIM MASALALAR MUHOKAMASI MAYDONI
янв.21
🏛 DEPUTATLIK SOʻROVI
янв.21
👥 ARBОB MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA HAMKOR TASHKILOT: HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI ⚙️ KOTIBIYATNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
янв.21
🏘ARBОB MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 📊 MAHALLIY BYUDJETNING QO‘SHIMCHA MANBASIDAN MABLAG‘ AJRATISH TO‘G‘RISIDAGI QARORLAR MONITORINGI
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi

“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 22-sentabrdagi VII-22-123-8-117-K/26-sonli qarori bilan “Termiztumangaz” ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yilning olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tasdiqlandi.

Hisobot doirasida tumandagi tabiiy gaz ta’minoti, iste’molchilarni gaz bilan ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan sohada mavjud muammolar, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish, gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Kengash tomonidan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.