Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Қангли маҳалласида ички йўллар ҳолати ўрганилди
янв.21
Shovot tumani “Yangi O‘zbekiston” mahallasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Shovot tumanida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlar tomonidan murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
Халқ депутатлари Хоразм вилояти ва Шовот тумани Кенгашлари депутати Елёр Душамов сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Shovot tuman partiya tashkilotiga "Qangli" mahallasida yashovchi  fuqaro O.Sultonovning chiqindini belgilanmagan joylarga tashlanishi yuzasidan  yòllagan murojaati òrganildi.
янв.21
Qonun buzilish holatlarini aniqlash va oldini olish bòyicha
янв.21
"Adolat" SDP deputati tashabbusi bilan xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda.
XALQ DEPUTATLARI TO‘RTKO‘L TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OLTINCHI SESSIYАSI BO‘LIB O‘TDI

XALQ DEPUTATLARI TO‘RTKO‘L TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OLTINCHI SESSIYАSI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada deputatlar, hokim o‘rinbosarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. To‘rtko‘l tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan 2024 yilda olib borilgan ishlari va 2025 yilga belgilangan rejalari to‘g‘risida hisoboti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 sentabrdagi “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-311-sonli qarorini To‘rtko‘l tumanida ijrosi to‘g‘risida; 

2. To‘rtko‘l tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida; 

3. Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2024-yilda olib borilgan ishlari va 2025-yilga belgilangan rejalari to‘g‘risida; 

4. To‘rtko‘l tumani mahalliy budjeti daromadlarining 2025- yil 1-yanvar holatiga erkin qoldiq mablag‘ini tasdiqlash to‘g‘risida;

5. To‘rtko‘l tumani ichki ishlar organlarining 2024-yil davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi huquq-tartibot maskaniga rahbarlik qilayotgan profilaktika katta inspektorlarining hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash ahvoli bo‘yicha;

6. Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashi vakolatlari, vazifalari va funksiyalarining reestrini yuritish tartibi to‘g‘risida. (O‘R Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 26- iyundagi KQ-769-IV-sonli qarori). 

  7. Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashi tomonidan qonunlarni ko‘rib chiqish va muhokama qilish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida (O‘R Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024- yil 11-dekabrdagi KQ-19-V-sonli qarori).

8. Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida. (O‘R Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 28 yanvardagi KQ-52-V-sonli qarori). 

9. Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan Kengash so‘rovini, tuman Kengashi deputati tomonidan deputat so‘rovini yuborish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida (O‘R Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 28 yanvardagi KQ-53-V-sonli qarori).

10. Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning namunaviy tartibini tasdiqlash to‘g‘risida (O‘R Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 28 yanvardagi KQ-54-V-sonli qarori).

11. Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida (O‘R Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 28 yanvardagi KQ-55-V-sonli qarori).

  Sessiya davomida kun tartibidagi barcha masalalar to‘liq ko‘rib chiqilib, deputatlar tegishli qaror qabul qildilar.

Shu bilan Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi oltinchi sessiyasi o‘z ishini yakunladi.

Slide 1 of 19