35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

30-maktabda yangi o‘quv yiliga start berildi

Maktab hovlisida o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar jam bo‘lib, ushbu unutilmas kunni birgalikda qarshi oldilar. Ayniqsa, birinchi sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilarning quvonchi barchaga iliq taassurot ulashdi.
Marosim davomida o‘quvchilarga bilim olish, izlanish va o‘z qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun muvaffaqiyatlar tilandi. Pedagoglarning mas’uliyatli faoliyati e’tirof etilib, ularga yangi o‘quv yilida kuch-g‘ayrat va ijodiy yutuqlar tilak bildirildi.
A. Karanov maktab jamoasi bilan suhbatlashib, ta’lim jarayoniga oid fikr va takliflarni tingladi.
Maktabdagi har bir qo‘ng‘iroq yangi marralar sari chorlov bo‘lib yangrasin!

Slide 1 of 4