Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E. Mirzayev tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida “Shieli” OFYdagi bog‘ hududi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🌿 O‘rganish davomida bog‘ hududining umumiy obodonlashtirilganlik holati, yashil hududlar va daraxtzorlarni saqlash, hududning tozaligi hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.
🧹 Shuningdek, hududni muntazam ravishda tozalash va obodonlashtirish, mavjud daraxt va ko‘chatlarni parvarishlash, yashil maydonlarni yanada kengaytirish hamda bog‘dan aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun samarali foydalanish masalalari ko‘zdan kechirildi.
🌱 Bog‘ hududini yanada ko‘rkamlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kuchaytirish va sanitariya-obodonlashtirish talablariga rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🤝 Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratini joylarda kuchaytirish, aholi uchun qulay muhit yaratish va hududlarni obodonlashtirish ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Obod va ko‘rkam hudud — aholi farovonligi va yaxshi kayfiyatining muhim omilidir! 🌳