35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🧵 QONUN IJROSI,OILAVIY TADBIRKORLIK — BANDLIK VA FAROVONLIK GAROVI
янв.21
📊 DEPUTATLIK NAZORATI: IJTIMOIY-IQTISODIY LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH: AHOLI MUAMMOLARIGA MANZILLI E’TIBOR
янв.21
✅ XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI DEPUTATI
янв.21
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA EHTIYOJMAND OILALARDAN XABAR OLINDI
янв.21
🎯 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 17–21-AVGUST KUNLARI AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
📋 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
🎒 Ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktab formasi topshirildi
Deputatlik nazorati amalda: Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, 19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar Termiz shahar Elektr ta’minoti korxonasida bo‘lib, muassasa faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

Xususan, quyidagi muhim yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi:

Navbatchilik shtabi va dispetcherlik xizmati: Aholidan kelib tushayotgan murojaatlarga tezkor munosabat bildirish hamda 24/7 rejimida ishlovchi navbatchi guruhlar shayligi;

Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi: Xodimlarning maydonda va obyektlarda ishlash davomida texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishi;

Aholi murojaatlari bilan ishlash: Fuqarolardan elektr energiyasi sifati, transformatorlar hamda simyog‘ochlar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarning hal etilish holati.

Tashrif yakunida korxona faoliyatini yanada takomillashtirish, navbatchilik shtabi ishini tizimli tashkil etish hamda aholi murojaatlarini tezkor hal etish yuzasidan tegishli amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati deputatlik nazoratida izchil davom etadi.

Slide 1 of 1