📌 Joriy yilning 24-avgust kuni 13-Oq oltin saylov okrugidan saylangan deputat M. Bobojonova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi O. Akimova tomonidan ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aholi xonadonlari o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning ijtimoiy-maishiy muammolari, murojaatlari va takliflari tinglandi.
🔹 Aholini qiynayotgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularni hal etish imkoniyatlari va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘riladigan choralar belgilandi.
🔹 Shuningdek, fuqarolarning bandligini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.
🤝 Aholi bilan ochiq muloqot va muammolarni joyida o‘rganish — samarali deputatlik faoliyatining muhim mezonidir.