📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati R.Shodiyeva nomiga Mohirlar MFY fuqarolari tomonidan kelib tushgan murojaatlari yuzasidan Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Dilshodbek Ibragimov joyiga chiqib, holat bilan tanishdi.
❗️ Jarayonda mahalladagi ijtimoiy xodim ishtirokida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamlarni tayinlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, deputatga axborot kiritish uchun tayyorlandi.