35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 10-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat Sultanov Po‘lat Yo‘ldoshevichga biriktirilgan Shovot tumani soliq inspeksiyasi bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova ham ishtirok etdi.
Muloqot davomida soliq inspeksiyasining ustuvor vazifalari, istiqboldagi faoliyat yo‘nalishlari, hududda soliq tushumlarini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, muammolarni joyida hal etishda deputat va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Kelgusida aniqlangan muammolar yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilash, ularning ijrosini nazorat qilish hamda saylovchilar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
🤝 Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi — hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni amaliy yechim bilan bartaraf etish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 2