Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullayevna 14-“Ziyokor” saylov okrugida o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi.
🤝 Uchrashuv davomida kasanachilik bilan shug‘ullanib, sumka tikish orqali daromad topayotgan ayollarning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
🧵 Ayollar bilan suhbat davomida ularning faoliyati, mavjud imkoniyatlari va kelgusidagi rejalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, tikuvchilik yo‘nalishida ishlab chiqarishni kengaytirish, daromadni oshirish va yangi imkoniyatlardan foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qarorida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.
🌿 Bugun o‘z mehnati bilan daromad topayotgan ayol — ertangi farovon oilaning tayanchi. Ayollar bandligini ta’minlash, ularning mehnatini qo‘llab-quvvatlash va munosib daromad topishi uchun sharoit yaratish borasidagi ishlar bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.
Xalq vakili — aholi manfaatlari bilan birga!
🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati