35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 Uyma-uy yurib, fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
🤝 Deputat va tashkilot hamkorligi
янв.21
🏛 Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
📋 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 📅 2026-yil 17–21-avgust kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
🏛 Hududlarda aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
📊 HAFTALIK DAYJES XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 10–15 AVGUST KUNLARI AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏢 DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
🛡 Mahallada profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🚶‍♂️ “Ko‘chama-ko‘cha” yurish: aholi muammolari joyida o‘rganildi
Kotib

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 22-“Alisherobod” okrugi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi Gulchexra Axmedova “Alisherobod” mahallasida o‘tkazilgan o‘rganish tadbirlarida bevosita ishtirok etdi.

O‘rganishlar natijasi asosida mahallani yanada obod qilish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish, hududda ozodalikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, aholi o‘rtasida mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash yuzasidan amaliy ishlar qilindi.

Qayd etilganidek, bu kabi tadbirlar mahallalarda obod va fayzli muhitni qaror toptirish, aholining ijtimoiy faolligini oshirish hamda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat kabi ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Gulchexra Azizova ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 3