35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 Uyma-uy yurib, fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
🤝 Deputat va tashkilot hamkorligi
янв.21
🏛 Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hududlarda aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
📋 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 📅 2026-yil 17–21-avgust kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
📊 HAFTALIK DAYJES XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 10–15 AVGUST KUNLARI AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏢 DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
🛡 Mahallada profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🚶‍♂️ “Ko‘chama-ko‘cha” yurish: aholi muammolari joyida o‘rganildi
🏛 Mahalla faoliyati o‘rganildi

📍 Mevazor MFYda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati o‘rganildi.
👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Masharipov Izzat Masharipovich, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich hamda viloyat Kengashi deputati Davletov Xurshid Yo‘ldashevich tomonidan Mevazor mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
📚 O‘rganish davomida mahalla raisining fuqarolar bilan ishlashi, murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularning muammolarini hal etish borasidagi faoliyati, mahallada obodonlashtirish va hududni rivojlantirish ishlari, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi ishlar tahlil qilindi.
🤝 Shuningdek, mahalla hududidagi mavjud muammolar, fuqarolarning taklif va murojaatlari, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
📌 O‘rganish jarayonida mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
⚖️ O‘rganish ishlari «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-350-son talablari asosida olib borildi.
🏘 Mahalla — xalq bilan davlat o‘rtasidagi eng muhim va yaqin bo‘g‘in!

Slide 1 of 2