Aholi muammolari o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Oybibi Artiqova
Qadriyat mahallasi ko‘cha boshisi Saidov Quronboy bilan birgalikda Vatanparvar
ko‘chasi aholisining muammolarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida 30-uydan 48-uygacha bo‘lgan xonadonlar aholisi tomonidan
ko‘tarilgan masala — xonadonlar bog‘ida avvaldan o‘rnatilgan elektr energiyasi
tayanch ustunlarini uylar oldiga, ko‘cha hududiga ko‘chirish zarurligi
aniqlandi.
Deputat mazkur masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish,
aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida deputatlik so‘rovi
bilan murojaat qilishini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida aholining taklif va mulohazalari tinglanib, ularni
qiynayotgan masalalarni qonuniy asosda hal etish yuzasidan tegishli choralar
ko‘rilishi qayd etildi.