35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 Uyma-uy yurib, fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
🤝 Deputat va tashkilot hamkorligi
янв.21
🏛 Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hududlarda aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
📋 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 📅 2026-yil 17–21-avgust kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
📊 HAFTALIK DAYJES XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 10–15 AVGUST KUNLARI AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏢 DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
🛡 Mahallada profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🚶‍♂️ “Ko‘chama-ko‘cha” yurish: aholi muammolari joyida o‘rganildi
24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida hududlarda amaliy ishlar izchil olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov “Qoratut” MFYda bo‘ldi.

Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan obodlashtirish ishlari, hududning sanitariya holati, shuningdek, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Mahalla faollari bilan hudud tozaligini ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.

Deputatlar tomonidan hududlarda aholi manfaatlarini ta’minlash, obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha deputatlik nazorati ishlari davom ettirilmoqda.

24Tavsiya DeputatlikNazorati

Slide 1 of 3