35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 Uyma-uy yurib, fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
🤝 Deputat va tashkilot hamkorligi
янв.21
🏛 Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
📋 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 📅 2026-yil 17–21-avgust kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
🏛 Hududlarda aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
📊 HAFTALIK DAYJES XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 10–15 AVGUST KUNLARI AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏢 DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
🛡 Mahallada profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🚶‍♂️ “Ko‘chama-ko‘cha” yurish: aholi muammolari joyida o‘rganildi
Elektr ta’minotidagi muammo deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-939-sonli Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish olib borildi.

🌏O‘rganish davomida Dovud MFY hududidagi Dovud qishlog‘ida elektr energiyasi ta’minotining barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolar, xususan, mavjud elektr transformatorining eskirgani va uni zamonaviy, quvvati yuqori yangi transformatorga almashtirish zarurati aniqlandi.

🌏Mazkur masala yuzasidan deputat I. Xolov tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasi direktori O. Usmonov nomiga deputat so‘rovi yuborildi. So‘rovda Dovud qishlog‘idagi elektr transformatorini yangisiga almashtirish, aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

🌏Deputat tomonidan hududlarda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2