📋 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-18-143-12-177-K/25-son qarori bilan tasdiqlangan “Shovot tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” doirasida 51-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish belgilangan.
🏗 51-son maktab “Qirg‘oqbo‘yi” MFYda joylashgan bo‘lib, loyiha doirasida 340 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan binoni rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.
💰 Loyiha qiymati: 7 576 mln so‘m
🏦 Moliyalashtirish manbasi: Respublika budjeti
👥 Mazkur masala yuzasidan Kotibiyat mudiri Izzat Masharipov, bosh mutaxassis Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich hamda deputat Kariyev Mansur Omongeldiyevich tomonidan 51-son maktabda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida belgilangan ishlarning bajarilish holati ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.