📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda "Madad" NNT huquqiy maslahat byurosi mutaxassisi O. Ataxanov hamkorlikda fuqarolar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi.
📚 Tadbir davomida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, fuqarolarni qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
💬 Shuningdek, ishtirokchilarning murojaat va savollariga amaldagi qonunchilik asosida batafsil javoblar hamda zarur huquqiy tavsiyalar taqdim etildi.
✅ Bunday hamkorlikdagi targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy savodxonligini oshirish va qonun ustuvorligini ta'minlashga xizmat qiladi.