35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 📋 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📋 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Fuqarolik jamiyati va xavfsizlik – qonun ustuvorligi yo‘lida
янв.21
Xavfsizlik va qonun ustuvorligi – tinch va barqaror jamiyat poydevori
янв.21
Deputat nazoratidagi qonunlar — qonun ustuvorligi va taraqqiyot kafolati
янв.21
📍 Deputat tomonidan “UZTEX GROUP” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurish orqali yangi tashkil etilgan tadbirkorlik obyektlari faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
🤝 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TOMONIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📢🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI QARORI 🇺🇿
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi B. Ermatov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Boboyev, "Xojiqishloq" MFY xokim yordamchisi A.Boltaboyev hamda doimiy komissiyaga biriktirilgan mas'ul tashkilot vakillari ishtirokida Aksiyadorlik tijorat "Xalq banki" Rishton bank xizmatlari markazida o‘rganish o‘tkazildi.

🔹 O‘rganish davomida bank tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, aholidan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish holati, ularning ijrosi, tadbirkorlik subyektlariga ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning qonuniyligi, shaffofligi hamda maqsadli yo‘naltirilishi yuzasidan tahlillar amalga oshirildi.

📋 Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, korrupsion holatlarning oldini olish va aholiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1