35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 📋 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📋 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Fuqarolik jamiyati va xavfsizlik – qonun ustuvorligi yo‘lida
янв.21
Xavfsizlik va qonun ustuvorligi – tinch va barqaror jamiyat poydevori
янв.21
📍 Deputat tomonidan “UZTEX GROUP” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratidagi qonunlar — qonun ustuvorligi va taraqqiyot kafolati
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurish orqali yangi tashkil etilgan tadbirkorlik obyektlari faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
📢🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI QARORI 🇺🇿
янв.21
🤝 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TOMONIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
📍 Deputat tomonidan “UZTEX GROUP” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 4-Oltin-qal’a saylov okrugidan saylangan deputati Ismailov Xursand Baltabayevich, Shovot tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP Shovot tuman Kengashi raisi O. Akimova ishtirokida saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida “UZTEX GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Korxonada ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ishlab chiqarish jarayonlari hamda mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Bildirilgan fikr va mulohazalar yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar berildi.

Slide 1 of 2